Bu haqda Isroil bosh vaziri devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelman o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
"Bosh vazir Binyamin Netanyahu Germaniya kansleri, Hindiston bosh vaziri va Fransiya prezidenti hamda boshqa davlatlar yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Yaqin vaqt ichida u AQSh prezidenti Donald Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan ham vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirmoqda", — deyiladi Gendelmanning xabarida.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan suhbatlar davomida yetakchilar Eron tomonidan yo‘q qilinish tahdidi ostida bo‘lgan Isroil davlati xavfsizligini ta’minlash zaruratini tushunib, uni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan. Netanyahu esa yaqin kunlarda ular bilan doimiy aloqada bo‘lib turishini ta’kidlagan.