Jahon Bankining so‘nggi global tahlili dunyo bo‘ylab binolarning mustahkamligi, yashil standartlarga muvofiqligi va hamma uchun ochiqligi nuqtai nazaridan 22 mamlakatda amalga oshirilayotgan qurilish qoidalari holatini baholadi. Unga ko‘ra, binolarni tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishlariga bardoshli qilib qurish bo‘yicha chora-tadbirlar muhim darajada takomillashtirilishi lozim.
Hujjat tahlil qilingan mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ham bor. U bilan bir qatorda Turkiya, Indoneziya, Gana, Meksika, Janubiy Afrika, Ruanda, Mongoliya, Chili va boshqa davlatlar singari 6 mintaqadan 22 mamlakat qamrab olingan.
Hisobotga ko‘ra, qurilish qoidalari ko‘p hollarda faqat yangi binolarga taalluqli bo‘lib, mavjud inshootlar uchun rekonstruksiya, o‘zgartirish va mustahkamlash bo‘yicha talablar yetarli darajada emas. Masalan, faqat 10 mamlakatdagina bunday talablar mavjud. Qolaversa, qurilish qoidalarida sel, kuchli yomg‘ir, harorat ekstremalliklari va yong‘inlarga qarshi himoya elementlari hanuzcha yetarlicha aks ettirilmagan.
Shuningdek, kichik binolar uchun soddalashtirilgan va tushunarli talablarni kiritish, joriy qoidalarni mavjud ofat xavflari xaritalariga moslashtirish, muhandislik va arxitektura yechimlarini yangilash muhimligi ta’kidlanadi. Indoneziya misolida, mavjud binolarga tegishli me’yorlar yetishmasligi aniqlangan va hukumat bu borada yangi standart ustida ish boshlagan.
Muhimi, hatto eng yaxshi kodlar ham to‘g‘ri nazorat va samarali bajarilishsiz o‘z samarasini bermaydi. Turkiyadagi 2023 yilgi Yer tusinishi fojeasi davomida, talablarga muvofiq qurilgan maktab va shifoxonalarning yaxshigina saqlanib qolgani misolida bu yaqqol ko‘rindi. Hozirda Jahon Banki Turkiyada qayta tiklash ishlariga ko‘maklashmoqda.