Eron prezidenti eronliklarni birlashish va hukumatga ishonishga chaqirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Bugun Isroil hujumi natijasida harbiy rahbariyat hamda yetakchi yadroviy olimlar halok bo‘lganidan so‘ng, Tehronda ommaviy mitinglar boshlandi. Namoyishchilar zudlik bilan intiqom olishni talab qilmoqda.
Oliy rahbar Oyatulla Xomanaiy Isroilga «qattiq jazo» va’da qildi, Eron tashqi ishlar vaziri esa hujumni «urush e’loni» deb atadi.