O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Baxtiyor Saidov respublikada o‘z faoliyatini yakunlayotgan Rossiya elchisi Oleg Malginovni qabu qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Biz aloqalarni chuqurlashtirish va mamlakatlarimiz uchun manfaatli qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga intilishimizni yana bir bor tasdiqladik. Janob Elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U 2021 yil 5 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga muvofiq, mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.