Eron osmonining yopilishi munosabati bilan beshta samolyot Toshkent aeroportiga qo‘ndi.
O‘zbekiston poytaxtidan Jidda va Dubayga uchayotgan "O‘zbekiston havo yo‘llari" va Fly Dubai aviakompaniyalarining samolyotlari uchish aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi.
Bundan tashqari, Olmaotadan Sharm-ash-Shayxga uchayotgan Air Cairo va Seuldan Dohaga parvoz qilishi kerak bo‘lgan Qatar Airways aviakompaniyalari Toshkentga qo‘nishni so‘ragan.