Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Eron Isroilga tahdid qilmoqda

A A A
Eron Isroilga tahdid qilmoqda

Endi Eron Isroilning yashirin yadroviy inshootlariga zarba berish bilan tahdid qilmoqda

Eron Milliy Xavfsizlik Oliy Kengashi, agar Isroil Eron yadroviy inshootlariga hujum qilsa, Tehron Isroilning yashirin yadroviy inshootlariga javob qaytaradi, deya ogohlantirdi.

Avvalroq, Eron Isroilning yadroviy dasturi va mudofaa salohiyatiga oid maxfiy hujjatlar arxivini qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgan edi.

"Biz olgan hujjatlar Isroilning yadroviy inshootlariga tegishli. Gap yadroviy ob’ektlarning rejalari, loyihalari va strategik ma’lumotlari haqida bormoqda. Biz hamma narsani e’lon qilamiz" deya fikr bildirgandi Eron Axborot va Milliy Xavfsizlik vaziri Ismoil Xatib.

Eron razvedka vaziri Ismoil Xatib bu ma’lumotni tez orada ommaga e’lon qilishga va’da berdi.

Kiritildi: 12:42 10.06.2025. O'qildi: 2718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!