Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

⚡️ 21 avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni etib belgilandi

⚡️ 21 avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni etib belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli (https://t.me/mahallavaoilainfo/7766) Farmoyishiga asosan, 2021 yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi hamda 21 avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni etib belgilandi.

🔘 “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” ostida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida:

▫️ mahallalar;
▫️ aholi yashash xonadonlari;
▫️ ko‘p qavatli uy atroflari;
▫️ guzar va xiyobonlar;
▫️ ziyoratgoh va qabristonlar;
▫️ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

✔️ Shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironli mavjud yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashiladi.

Kiritildi: 18:01 18.08.2021. O'qildi: 2616 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!