Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp Parijdagi Triumfal arkada Birinchi jahon urushi yakunining yuz yilligiga bag‘ishlab uyushtirilgan marosimda ishtirok etib, o‘zaro muloqot chog‘ida G20 sammiti doirasida uchrashishga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya prezidentining rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi «Korrespondent.net».
AQSh prezidenti Donald Tramp Triumfal arkidagi xotira tadbirlaridan so‘ng Yelisey saroyidagi qabulga oxirgi bo‘lib yetib keldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari uchun javobgarlikni mahalliy ma’muriyat zimmasiga yukladi. Trampning qo‘shimcha qilishicha, agar tabiiy ofatga qarshi kurash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadsiz sarfi bilan bog‘liq muammo hal etilmas ekan, shtat federal moliyalashtirishdan mahrum etilishi mumkin.
Oq uy 7 noyabr kuni matbuot anjumanida prezident Donald Tramp bilan bo‘lgan ziddiyatdan so‘ng CNN kanali jurnalistining Oq uyga kirish ruxsatnomasini bekor qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Mamlakat prezidenti Donald Tramp AQSh adliya vaziri, mamlakat bosh prokurori Jeff Seshnsni o‘z vazifasidan ozod etdi. Bu haqda “euronews“ 8 noyabr kuni xabar tarqatmoqda.
Donald Trampning iqtisodiy yutug‘i ortidan superderjavaning qulashi yuz berishi va bu holat Mixail Gorbachyovning SSSRni tarqalishiga sababchi bo‘lgan omadsiz siyosati taqdirini takrorlashi mumkin, deb yozadi Asia Times sharhlovchisi Raja Merfi. RIA Novosti xabariga asosan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida o‘zidan avvalgi prezident — Barak Obama Rossiyaning Qrimni o‘ziga qo‘shib olishiga qo‘yib berganini aytdi, deb yozadi«RBK».
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat bosh prokurori va bir vaqtning o‘zida adliya vaziri hisoblanuvchi Jeff Seshnsning istefoga chiqarilganini o‘z Tvitter akkanutida e’lon qildi.
11 noyabr kuni Vladimir Putin va Donald Tramp Parijda, Yelisey saroyidagi choshgoh vaqtida qisqa muloqot o‘tkazishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lumot berdi.
AQSh prezidenti Donald Trampning oraliq saylovlar uchun yozilgan she’ri e’lon qilindi.
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampning to‘liq formatdagi uchrashuvi fransuzlar yetakchisi Emmanuel Makron tufayli barbod bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda «Kommersant’» xabar bermoqda.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning AQSh chegaralariga yo‘l olayotgan muhojirlar karvoni haqidagi saylovoldi roligini pullik tarqatishni taqiqladi.