O‘tgan seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatishi haqida e’lon qilgan edi.
Prezident Donald Tramp esa AQSh koronavirus Uxan shahridagi laboratoriyada ishlab chiqilganini aniqlashga harakat qilayotganini ta’kidlagandi.
Dunyo hamjamiyati AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan moliyalashtirishni to‘xtatgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) qo‘llab-quvvatlamoqda.
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSh prezidenti Donald Trampning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) byudjetiga badallar to‘lashni to‘xtatib qo‘yish haqidagi qaroriga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda BMT saytida xabar qilingan.
14 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z hukumatiga Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotini (JSST) moliyalashtirishni vaqtinchalik to‘xtatishni buyurgani haqida ma’lum qildi. Bunga tashkilotning koronavirus pandemiyasi bilan kurashda o‘z vazifazini bajara olmayotgani sabab bo‘lgan.
O‘tgan juma kuni AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi kurashda Shvesiya uslubini keskin tanqid qilib, agar AQShda ham shunday metod qabul qilinganda vafot etganlar soni 2 million kishini tashkil qilgan bo‘lardi, dedi. (Hozirgi prognoz 70-80 ming.)
AQSh prezidenti Donald Tramp nihoyat Vayoming shtatida ham yirik ofat holatini qayd etdi. Shunday qilib, Amerika tarixida birinchi marta barcha shtatlarda yirik ofat tartibi amalga kiritildi. Bu haqda Oq uy vakili Jadd Dir ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan.
Yaqin orada AQSh Italiyaga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun gumanitar yordam yukini topshiradi. Bu haqda Oq uy rahbari Donald Tramp imzolagan memorandumda aytilgan.
AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirus pandemiyasi fonida reytingi rekordni yangiladi. Buni “Fox News” telekanali tomonidan 4-apreldan 7-aprelga qadar o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari tasdiqlaydi.
“AQSh koronavirus tarqalishining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi”, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumani chog‘ida.
AQSh prezidenti Donald Tramp kosmik zaxiralarga amerikaliklarning huquqini mustahkamlab qo‘yadigan farmonga imzo chekdi va yarim yil davomida boshqa mamlakatlar bilan shunga tegishli kelishuvni muhokama qilishga ko‘rsatma berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AQShda koronavirus epidemiyasining oldini olish uchun oz ish qilgani va Xitoydagi vaziyatga juda ko‘p vaqt ajratganini aytdi.