AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida davolanishni tugatgandan so‘ng COVID-19ga chalinganlar uchun qon plazmasini berishga tayyorligini bildirdi.
Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va Kongress Vakillar palatasi a’zosi Jeymi Raskin AQSh prezidenti Donald Trampning sog‘lig‘ini, jismoniy va ruhiy holatini baholaydigan komissiya tuzish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
Michigan shtatining demokrat-gubernatori Gretxen Uitmer Prezident Donald Trampni AQShdagi ekstremistik harakatlarning homiysi deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar tarqatdi.
Koronavirusning yangi turini yuqtirib olgan AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi haftada saylovoldi kampaniyasini davom ettirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda “Bloomberg” o‘z axborot manbalariga tayanib.
AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirus infeksiyasida uch kunlik davolanishi narxi 100 ming dollardan oshdi. Ushbu baho chorshanba kuni The New York Times. tomonidan chop etildi.
Xitoy koronavirus tarqalishi uchun "juda qimmat" to‘laydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp xabar tarqatdi.
Shuningdek, Vladimir Vladimirovich AQShda bo‘ladigan prezidentlik saylovida demokratik partiyadan nomzod qilib ko‘rsatilgan Jo Baydenning Rossiya haqida aytgan gaplarini anti-Rossiya harakatlari deb atadi.
AQShda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenning hozirgi davlat rahbari Donald Trampni "Putinning kuchugi" deb atagani Rossiyani "ko‘taradi". Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida AQShdagi saylovlar bo‘yicha debatlar haqida fikr bildirar ekan, aytib o‘tdi.
AQSh prezidentligiga nomzod Jozef Bayden sentyabr oyida Klivlendda bo‘lib o‘tgan teledebatlarning birinchi bosqichida raqibi Donald Trampni masxaraboz deb ataganidan afsusda.
1998 yilgi jahon chempioni Yuxan Xedberg AQSh prezidenti Donald Trampni tanqid qildi va Amerika rahbarining faoliyatiga qarshi chiqdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi koronavirus bilan kasallangan prezident Donald Trampning holati yomonlashishi haqida gapirdi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlarini qarshilash uchun o‘zi davolanayotgan shifoxonani qisqa vaqtga tark etdi.