O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizasiyani oldini olishga yoshlarni jalb qilish zarurati haqida xabardorlikni oshirish va siyosiy tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi, deya ma’lumot beradi "Sputnik".
Kecha, 10 iyun kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashovchi 2 yoshli Sarvarbek Ziyodullayevning yo‘qolganligi to‘g‘risida va bola o‘g‘irligida gumonlanayotgan ayol fotosurati keltirilgan ma’lumot barcha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.
Toshkent shahridagi oilalardan birida kelib chiqqan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sabab, ota o‘z farzandining tanasi turli joylariga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 25 fevraldan 11 martgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Olmazor tumanida yashovchi M.T. va qo‘shnisi J.T. “Qo‘yliq” dehqon bozorida go‘sht mahsulotini sotish bilan shug‘ullanuvchi D.K.dan umumiy qiymati 202.098.000 so‘mlik 1 tonna 278,50 kg. qoramol go‘shti mahsulotini pulini berish sharti bilan olgan.
Jahonga mashhur Xulio Iglesias o‘zining yubiley turnesini O‘zbekistondan boshlaydi, deb yozadi «MyDay».
O‘quvchining telefonini o‘zlashtirishga uringan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro 2002 yilda tug‘ilgan qizni ojizaligidan foydalanib “zo‘rlagan”i aytilmoqda.
Sergeli tumanidagi yog‘och uylarda istiqomat qiladigan aholiga ko‘p qavatli uylar beriladi. Bu haqda Sergeli tumani hokimi Nozim Xusanov ma’lum qildi.
Bugun soat 14:00da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida talabalar o‘rtasida «Najotga shoshilaylik» shiori ostida azon musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent shahri hokimini vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 6 iyundagi qarori bilan 11 tuman hokimining 10 nafari vazifasidan ozod qilindi va o‘z lavozimida "vaqtincha vazifasini bajaruvchi" (v.v.b.) maqomida qayta tiklandi, deb xabar qildi "Sputnik" nashri.
7 may kuni soat 20 dan 14 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi xizmatiga jismoniy shaxsga tegishli «ZiL» rusumli avtotransportda yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda "Xabar.uz" xabar berdi.
Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov mahalliy aholi bilan Sergeli yarmarkasi avval joylashgan hududdagi ishlar haqida suhbat olib bormoqda, deb xabar berdi «Kun».