Toshkent shahar hokimiyati Baynalminal ko‘chasini qayta ta’mirlaydi va uning nomini Seul deb o‘zgartiradi. Ushbu ko‘cha o‘zbek – koreys madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari sabab, ayrim ko‘chalarda ma’lum vaqtgacha avtotransport harakati to‘xtatiladi.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga qo‘yildi. Bu haqda xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zayniddinov xabar bergan.
“UzNews.uz” ishonchli manbalariga tayanib yakkakurashlar bo‘yicha mashhur bo‘lgan chempion sportchi Murod Xonto‘ravening qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.
Jahon banki O‘zbekistonda mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarni rivojlantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha qishloq joylardagi yo‘llarni yaxshilash va kapital ta’mirlashni o‘z ichiga oladi.
«Toshkent—Amrisar» reysi bilan Hindistonga parvozga shaylangan bir qator yo‘lovchilar «yashil» yo‘lak bergan imkoniyatni suiiste’mol qilishga urindi, deb xabar beradi bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Toshkent shahrining Bektemir tumanida 21 iyun kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi E.J. mast holda Suvsoz dahasida joylashgan 3-sonli IIB binosi oldida shu dahada yashovchi V.K. bilan janjallashadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
“UzNews.uz”ning ishonchli manbalari xabariga ko‘ra, kikboksing, qo‘l jangi, universal jang, qoidasiz jang sport turlari bo‘yicha chempion Murod Xonto‘rayev qamoqqa olindi.
Toshkent shahri hududida 2018 yilning 21 iyun kuni 112 million 274 ming 644 so‘mlik chinor, shumtol, olxo‘ri daraxtlari kesib ketilgani aniqlandi va «aybdor» qo‘lga olindi. Bu haqda UzNews huquq-tartibot idoralaridagi ishonchli manbasiga tayanib xabar berdi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi joriy yilning 22 iyun kuni internet tarmoqlarida chop etilgan "Bekatda uxlasa o‘zbek ayoli" nomli maqola yuzasidan batafsil izoh berdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkent shahrida 23 iyundan boshlab elektron karta ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotilishi boshlandi.
2018 yilning 22 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 59 yoshli A.Z. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i 52 yoshli M.Z. ismli ayolning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada M.Z. kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.