Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga kadar tekshiruv davomida, 2017 yilning noyabr-dekabr oylarida 237,7 mln. so‘m talon-taroj qilingani aniqlangan.
Toshkent shahar hokimligi Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida issiqlik quvurining yorilishi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
2018 yilda yo‘lovchilardan biri aeroportda o‘zining 250 000 so‘m puli yo‘qolganidan shikoyat qilib, pulni topishda yordam berishlarini so‘raydi.
Bugun, 14 sentyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumani Baynalmilal ko‘chasida o‘ziga xos piyodalar o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi. U yo‘lni kesib o‘tuvchi odamlarni ogohlantiradi.
Bir yil avval, 2017 yil iyul oyida Sergelidagi avtomobil bozori ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqagandi. Shundan so‘ng, bozor Toshkent viloyati Chinoz tumaniga ko‘chirilishi aytilgandi.
O‘g‘rilik 11 sentyabr kuni soat 00:30 larda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir etilgan, deb xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigit «Gazel» avtomobilining oynalarini metall buyum bilan urib sindirayotgani aks etgan video tarqalib ketdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.
Toshkentlik Nargiza Arslanova 3 oydan buyon Tashkent City biznes markazini bunyod etish ishlarida qatnashmoqda. Qurilishdagi eng baland kranni boshqarayotgan qiz, qiyinchiliklarga qaramay, vijdonan mehnat qilayotganini hamkasblarining u haqda bildirgan fikrlaridan bilib olish mumkin.
2018 yil sentyabr oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudida sudlanuvchi Rozmatov Baxtiyor Komil o‘g‘liga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Toshkent shahridagi 110-maktabning o‘quvchilari maktab formasiga amal qilmagan holda, maktabga tashrif buyurayotgani O‘zbekiston24 telekanali tomonidan tanqid qilindi.
2018 yil 13 sentyabr kuni soat 08:00larda Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, «Salar-Yalong‘och» bekatlari oralig‘ining 4-kilometr 9-piketida «Toshkent-Xojikent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 6429-sonli elektropoyezd qulog‘ida quloqchini bo‘lgan holda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan L.ni (1966 y.t. ayol) urib yuborgan.