Boshlovchining: «Odamlar o‘ziga zarar berayotganini tushunib yetishi uchun nega davlat xuddi „bolg‘a“ kabi tepasida turishi kerak?» degan savoliga javoban, Saida Mirziyoyeva asl o‘zgarishlar sekin-asta, vaqt o‘tishi bilan ro‘y berishini aytdi.
O‘zbekiston Prezidenti administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kirill Altmanning Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida davlat ekologiyani himoya qilish uchun qanday safarbarlik ishlarini tashkil etgani haqida gapirdi. Barqaror samaraga erishish faqat kundalik odatlar o‘zgarganidagina — ham fuqarolar, ham biznes tomonidan — mumkin bo‘ladi, dedi u.
Saida Mirziyoyeva har doim «xarakterli» inson bo‘lganini va yetakchilik qobiliyatlariga ega ekanini aytib berdi.