Nukus shahrining Allayar Do‘snazarov va Beruniy ko‘chalari kesishmasidagi chorrahaga kuzatuv kameralari va yangi svetoforlar o‘rnatildi, deb yozmoqda «KRuz.uz», dedi "daryo.uz".
I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida «Kinolektoriy» deb nomlangan media loyiha bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «KRuz.uz».
Qoraqalpog‘istonlik kinoijodkorlar tarixiy filmga qo‘l urdi, deb xabar beradi «KRuz.uz».
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasida quvvat beruvchi (energetik) ichimliklarning inson salomatligiga salbiy ta’siri, uning iste’moli va ishlab chiqarilishini tartibga solishga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazildi.
Yaqin kelajakda Oroldagi ekologik talofatni yumshatishga qaratilgan aniq tadbirlar o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari Boriy Alixonov 8 iyun kuni "Orol fojiasi asoratlarini yumshatish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovasion qarorlar va investisiyalar" mavzuidagi xalqaro konferensiya doirasida KUN.UZ muxbiriga shu haqida ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari Taxtako‘pir tumani Don qabul qilish maskanida mashg‘ulot olib borish jarayonini suratga olish vaqtida osmonda noma’lum uchar jism paydo bo‘lgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
4 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi A.U.ning uyidan boshida jarohatlari bilan ayol kishining jasadi topilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri va kimyo-texnologiya fakulteti dekani egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktab qorovuli zo‘ravonlik qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Qoraqalpoq davlat universiteti professori Maqsud Ibragimov boshchiligidagi bir guruh olimlar Orol dengizining Mo‘ynoq tumaniga qarashli suvi qurigan maydonlarida biologik resurslarini o‘rganib, u yerlarda chorvachilikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida uka akasining qotiliga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.
AQShning yetakchi klinikalaridan biri Sent Luis universitetining Ortopedik jarrohlik departamenti rahbari, mashhur jarroh - Joldas Quljonov O‘zbekistonga keladi. "Dunyo" axborot agentligiga tayanib Kun nashri shu haqida xabar berdi, dedi "zamin.uz".