Bugun, 6 dekabr soat 09:40 da Buxoro viloyatining Kogon tumani «Mustaqillik» MFY hududida joylashgan «SHAMS LTD» MCHJga tegishli portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatda yong‘in kelib chiqdi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati. Buxoro viloyati FVBning 7 ta qutqaruv bo‘linmasi yong‘inni soat 10:27 da to‘liq o‘chirgan.