AQShning Tuson shahrida yashovchi qiz Debbi Gerlak vafot etgan yigitiga «turmushga chiqdi». Yigit nikoh marosimidan bir necha oy oldin avtohalokatga uchrab, vafot etgan. Big Picture nikoh kuni aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari juma kuni Pokistonning Karachi shaharidagi terroristik hujumlarni qattiq qoraladi.
Turkiyaning Yeni Safak axborot agentligi Turkiya Rossiyaning S-400 majmualarini sotib olish bilan bir qatorda AQShning Patriot zenit-raketa majmualarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qildi. Turkiya hukumati rasmiy shaxslari bunday imkoniyat “yaxshi taklif” bo‘lsa ko‘rib chiqilishini ta’kidlab o‘tishgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp chegaradagi harbiylarga migrantlarga qarshi qurol ishlatishga ruxsat berdi. Siyosatshinos Nikolay Toporninning fikriga ko‘ra, bu Trampning noqonuniy migrantlar yo‘liga katta to‘siq qo‘yishdagi qat’iyligini tasdiqlaydi.
Kaliforniya universiteti olimlari inson ko‘zida o‘lim xavfi kuchli bo‘lgan qator neyrogenerativ kasalliklarni chaqiruvchi prion oqsillarini aniqladi.
AQSh prezidenti huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar kengashi raisi Kevin Xassetning Xitoy Jahon savdo tashkilotidan (JST) chiqarib yuborilishi haqidagi bayonoti bema’ni va Qo‘shma Shtatlarning takabburligi isbotidir. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Gen Shuan payshanba kuni brifingda ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ba’zi OAVlar Shukronalik kuni (bu yil AQShda 22 noyabr kuni nishonlanadi) arafasida benzinning juda past narxi tufayli yuzaga kelayotgan tirbandliklarda uni ayblayotganini ma’lum qildi, deb yozadi «Vedomosti».
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishidan xabardor bo‘lganini aytgandi.
Yangi prezidentlik vertolyoti - Sikorsky VH-92 Marine One - sinovlar davomida Oq uy Janubiy maysazoriga qo‘ndi. Bu haqdagi foto The Drive tomonidan e’lon qilingan.
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq o‘z maslahatchilariga xorijdagi jangovar harakatlar hududida bo‘lgan amerikalik harbiylarni ko‘rib kelmoqchi ekani haqida aytgandi.
Sud AQSh prezidenti Donald Trampning noqonuniy migrantlarga siyosiy boshpana taqdim etishni cheklovchi farmonini vaqtinchalik bloklab qo‘ydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiyaning Istanbuldagi konsulxonasida o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limiga oid audioyozuvni tinglashga «sabab» yo‘qligini aytdi.