Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Saudiya bilan aloqalarni uzadimi?

A A A
AQSh Saudiya bilan aloqalarni uzadimi?

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishidan xabardor bo‘lganini aytgandi.
 
"Qalampir" nashrining yozishicha, kecha, 20 noyabr kuni AQSh Senatining Tashqi aloqalar qo‘mitasi vakillari Donald Trampga Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi borasida murojaat maktubi bilan chiqishdi. Murojaatnomada senatorlar Trampdan Qoshiqchi borasida aniq pozisiyada turishni talab qilishdi.
 
“Biz Saudiyaning Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgan jurnalist to‘g‘risida sizning qat’iy qaror qabul qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi maktubda.

Donald Tramp ichki va tashqi siyosatda muvozanatni saqlashga harakat qilmoqda. Qoshiqchining o‘ldirilishida Saudiya rasmiylarining qo‘li borligi aniqlansa, AQSh va Saudiyaning munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Avvalroq, Tramp AQSh Saudiya Arabistoni bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishini ta’kidlagandi.
 
Eslatib o‘tamiz, Germaniya jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgani sababli Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berishni to‘xtatish haqida qaror chiqardi. Mamlakat hozirda mavjud shartnomalar bo‘yicha kelishuvni bekor qilish yo‘llarini izlayapti.

Kiritildi: 17:23 21.11.2018. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik