Orol dengizining qurishi tufayli qariyb 4 million gektar hududda katta cho‘l paydo bo‘ldi. Mazkur holat mintaqada misli ko‘rilmagan ekologik va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqargani barchamizga ma’lum. Xususan, hududda cho‘llanish jarayoni tezlashdi.
“DIRECTV”, “Radio Mitre”, “Cope” va “TNT Sports” kanallari jurnalisti Fabian Godning fikricha, “Real”ni Zidandan keyin kim boshqarishi ma’lum.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.
«Shimoliy Koreya kelishuvga erishish uchun AQSh tomonidan qanday kafolatlarga ega ekanligi haqida o‘zi qaror qabul qilishi kerak», – degan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Pxenyanda shimoliy koreyalik mulozim Li Yon Xo bilan uchrashuvidan so‘ng. Bu haqda «xabar.uz» xabar bermoqda.
Turkmanistonda polisiya turar joy binolarida reydlar o‘tkazmoqda.
Iyulning 27-sanasida kamyob hodisani kuzatamiz — to‘lin Oy tutiladi. «Novoye vremya» xabar berishicha, to‘lin Oy to‘lig‘icha Yerning soyasida qoladi va bu jarayon ancha uzoq vaqt — 103 daqiqa davom etadi.
Gollivudning tirik afsonalaridan sanalmish Robert de Niro o‘zining shaxsiy restoranlariga AQSh prezidenti Donald Trampning kirishini taqiqlab qo‘ydi.
“Milli.az”ning Turkiya matbuotiga asoslanib xabar berishicha, ijtimoiy tarmoq fenomeni bo‘lgan Koksal bobo haqida hikoya qiluvchi “Soat uchga qadar” komediyasi kinoteatrga qo‘yilgan.
12 yashar Ubay qori Yahyoyev Yoshlar telekanalining «Yangi kun» dasturida barchani lol qoldirdi. Ko‘rsatuv boshlovchisi undan Qur’oni Karimning 3 ta turli oyatlarini aytib berishini so‘radi. Ubay qori esa barcha oyatlarni xatosiz qiroat qilish barobarida bu oyatlar Kalomullohning nechanchi porasi tarkibiga kirishini ham aytib berdi.
Shu yil 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident rasmiy sayti xabar berdi.
Kun tartibida joriy yil uchun belgilangan tovarlar va xizmatlar eksporti rejasining bajarilish holati, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud zaxiralarni aniqlash va to‘liq ishga solish chora-tadbirlari, tovarlar va xizmatlar importini optimallashtirish, ularning narxini asossiz ravishda oshirilishini oldini olish, import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulot ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi, joriy yilda yetishtirilgan boshoqli don ekinlarini nobudgarchiliksiz yig‘ishtirib olish, g‘o‘za parvarishida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, suvdan samarali foydalanishda mutasaddilar va sektor rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati va boshqa masalalar bor.
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 may kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.