Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kir Starmer

To‘yxonada pichoqlangan andijonlik fuqaro vafot etdi

To‘yxonada pichoqlangan andijonlik fuqaro vafot etdi

Baliqchi tumanida yashovchi A.J. «Navo» to‘yxonasida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi M.U.ning o‘ng oyoqg‘iga pichoq bilan urishi natijasida jabrlanuvchi vafot etdi.

Kiritildi: 16:16 31.08.2018. O'qildi: 1839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Har qanday ayolning ko‘nglini ko‘taruvchi “fokus” (video)

Bu “fokus” har bir ayolning ko‘nglini ko‘tarishi tayin. Axir gul ayol uchun eng chiroyli sovg‘a ayniqsa u kutilmaganda tuhfa qilinsa.

Kiritildi: 14:46 31.08.2018. O'qildi: 2156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Xitoy o‘zining ikkinchi aviatashuvchi kemasini sinovdan o‘tkazdi

Xitoy armiyasi mamlakatdagi ikkinchi aviatashuvchi kemaning dengizdagi sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi vakili U Syan ma’lum qildi. Uning aytishicha, barcha tadbirlar xavfsiz va rejaga ko‘ra amalga oshirilib, ko‘zlangan maqsadlarga erishilgan.

Kiritildi: 07:01 31.08.2018. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Ish haqi olinadigan kun bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, oylik qanday to‘lanadi?

Bu oyda ish haqi olinadigan kun bayram kuniga to‘g‘ri kelgan. Shunga ko‘ra buxgalter oylik ish haqini to‘lanishini kechiktirishi mumkinmi? (U.A, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri) Yo‘q, mumkin emas. Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi. Jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to‘lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin

Kiritildi: 06:46 31.08.2018. O'qildi: 1483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Ish haqi olinadigan kun bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, buxgalter oylik ish haqi to‘lanishini kechiktirishi mumkinmi?

— Bu oyda ish haqi olinadigan kun bayram kuniga to‘g‘ri kelgan.  Shunga ko‘ra buxgalter oylik ish haqini to‘lanishini kechiktirishi mumkinmi? (U.A, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri)

Kiritildi: 15:44 30.08.2018. O'qildi: 1861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Tramp AQShda «zo‘ravonliklar» yuz berishi mumkinligini bildirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning xavotir bildirishicha, Respublikachilar partiyasi oraliq saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan bo‘lsa, mamlakatda zo‘ravonlik holatlari yuz berishi mumkin. Prezidentning so‘zlari CNN telekanali tomonidan keltirilgan.

Kiritildi: 13:49 30.08.2018. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Psixologik test: Qaysi sohada yaxshi pul topa olasiz?

Qanday mashg‘ulot sizni ko‘proq qiziqtiradi? Arzimas ko‘ringan kichik «hobbi”ngiz tufayli kelajakda katta mavqe’ga erishishingiz yoki suygan mashg‘ulotingizga e’tibor bermay, bir umr yoqtirmagan ishingiz bilan shug‘ullanib o‘tishingiz mumkin.

Kiritildi: 22:21 29.08.2018. O'qildi: 12115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

3D-printerda ko‘zi ojizlarga ko‘rish imkonini berishi mumkin bo‘lgan sun’iy ko‘z bosildi

AQShning Minnesota universiteti olimlari 3D-printerda ko‘zi umuman ko‘rmaydigan odamlarga ko‘rish imkonini berishi mumkin bo‘lgan bionik ko‘zni bosib chiqarishdi. Implantni yaratish uchun bir soatga yaqin vaqt ketgan.

Kiritildi: 20:01 29.08.2018. O'qildi: 1506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Onkologik xastaliklarga shifo istab xorijga borishga hojat yo‘q

Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammodir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichi yildan yilga o‘sib bormoqda. Ma’lumki, onkologik kasalliklarning oldini olish va erta bosqichlarda aniqlash – juda muhim omil hisoblanadi. Onkologik kasalliklar erta bosqichda samarali davolansa, ushbu darddan to‘liq forig‘ bo‘lishi mumkin. Bu borada so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab amaliy sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 aprelda qabul qilingan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori aholiga ixtisoslashgan onkologik tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish, aholining barcha qatlamini to‘la qamrab oluvchi tizimni shakllantirish va rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur qaror asosida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqdi. Jumladan, joriy yil 28 avgust kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida «Elekta Infinity» firmasining zamonaviy chiziqli tezlatkich nur berish uskunasining o‘rnatilganligi munosabati bilan, uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, nur terapiya – onkologik bemorlarni davolashdagi asosiy usullardan biri hisoblanadi. U jarrohlik usuli bilan birga kombinirlangan va alohida shaklda qo‘llaniladi. Ushbu usul palliativ va simptomatik davo uchun ham ishlatiladi. Rivojlangan davlatlarda nur terapiya onkologik bemorlarning 60 foizdan ortig‘ini davolashda qo‘llaniladi. Markazning nur terapiya o‘tkazuvchi chiziqli tezlatkichi bilan ta’minlanishi esa yildan yilga rivojlanib, yangilanib borayotgan yangi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi va nur terapiya o‘tkaziladigan bemorlar kontingentining ortishiga, ularning hayot sifati va davolash natijalarining yaxshilanishiga olib keladi. – Ushbu noyob va zamonaviy uskuna jahonning yetakchi klinikalaridagina mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda ham ilk bor onkologik bemorlarni mana shunday ilg‘or nur terapiya yordamida davolash imkoni yaratilmoqda. Zamonaviy nur terapiyaning o‘rni va imkoniyatlari juda keng bo‘lib, ushbu uskuna nishonga maksimal aniq davolovchi doza beradi va sog‘lom to‘qima hamda a’zolarning zararlanish ehtimolini keskin kamaytiradi, – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. – Natijada, davolash samaradorligi ortadi, remissiya davri uzayadi, hayot sifati yaxshilanadi, nojo‘ya ta’sirlarning kamayishi hisobiga bemorlar nogironligi kamayadi, onkologik bemorlarning shifoxonada bo‘lish davri qisqaradi. Bunday samaralarga erishish uchun nur terapiyaning ushbu zamonaviy hajmli (3D) konformasiyalash usuli dunyoning rivojlangan davlatlarida ham keng qo‘llaniladi. IMRT/VMAT uskunalarining qo‘shimcha ravishda yo‘llanilishi esa, hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarga doza yuklamasining keskin kamayishiga, nurdan keyingi asoratlar xavfining qisqarishiga va aniq jarayonga nisbatan optimal nur terapiya o‘tkazishga imkon beradi. Bugungi kunda bosh-bo‘yin, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolari o‘sma kasalliklarini davolashda rivojlangan davlatlarda ushbu texnologiya “oltin” standart hisoblanadi. Bundan tashqari, nur terapiyaning rotasion uslubda tutamlar intensivligini modulyasiya qilish (VMAT) natijasida, uskunaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati vaqtining 2-3 barobar qisqarishiga erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida o‘pka, prostata bezi kabi harakatchan a’zolardagi o‘sma nishonlarini davolashda juda muhimdir. Bir so‘z bilan aytganda, Sog‘liqni saqlash tizimining bunday yuqori texnologiyaga asoslangan, innovasion va zamonaviy uskuna bilan ta’minlanishi Davlatimiz rahbarining halqimiz salomatligini saqlash yo‘lida olib borayotgan oqilona siyosati mahsulidir.

Kiritildi: 17:22 29.08.2018. O'qildi: 4918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Haj ziyoratiga otlangan ayolga o‘lim tashxisi qo‘yilgandi, ammo...

Misrlik ayolga Haj ziyoratini amalga oshirishidan avval buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasallik aniqlangani sabab yaqin kunlarda vafot etishi aytilgan edi.

Kiritildi: 15:07 29.08.2018. O'qildi: 2114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

30 avgust kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 avgust kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Kiritildi: 13:56 29.08.2018. O'qildi: 1512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Kardiologlar uzoq muddatli ta’til umrni uzaytirishini isbotladi

Evropa kardiologiya jamiyati shifokorlari 1,2 ming kishi ishtirokida 50 yil davom etgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi va uzoq muddatli ta’til yurak kasalliklari yuzaga kelishi xavfini kamaytirib, umrni uzaytiradi degan xulosaga keldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Kiritildi: 13:17 29.08.2018. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.