Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zominda beshikda qarovsiz qoldirilgan go‘dak yonib ketdi

Zominda beshikda qarovsiz qoldirilgan go‘dak yonib ketdi

2019 yilning 15 yanvar kuni Zomin tumani Dashtobod shaharchasida noxush voqea yuz berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 09.03da Baxt mahallasidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in xavfsizligi qismiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida zudlikda 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilib, ular soat 09.10 da voqea joyiga yetib kelgan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish jarayonida uyning yotoqxonasida 2 kv.m. maydonda gilam, ko‘rpa va beshik yonayotganligi aniqlanib, yong‘in shu zahoti bartaraf etilgan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda beshikdagi bolani nostandart elektr isitish moslamasiga yaqin qo‘yib, uni nazoratsiz qoldirilishidan yong‘in sodir bo‘lganligi, shuningdek, xonadon sohibasi buni sezib qolib, beshikdagi jarohatlangan o‘g‘lini shifoxonaga olib ketganligi ma’lum bo‘lgan. Lekin ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan uy egasining farzandi 2018 yilda tug‘ilgan M.D. shifoxonada vafot etgan.

Kiritildi: 14:57 17.01.2019. O'qildi: 2137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!