Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

«Zenit» qishki tanaffusga birinchi o‘rinda chiqadi

A A A
«Zenit» qishki tanaffusga birinchi o‘rinda chiqadi

«Zenit» Rossiya Premyer-Ligasi 15-turida «Rostov»ni qabul qildi. Sankt-Peterburgda kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yindagi birinchi gol 12-daqiqada piterliklar hujumchisi Sebastyan Driussi tomonidan urildi. Ikkinchi bo‘limda Aleksandr Yeroxin mezbonlarning ustunligini oshirdi.

Bu g‘alabadan keyin «Zenit» ochkolari sonini 34taga yetkazdi, «Rostov» 23 ochko bilan beshinchi o‘rinda.

Keyingi turda rostovliklar 2 dekabrda Moskvaning SSKA klubini qabul qiladi, Sergey Semak shogirdlari 3 dekabr kuni Tulada «Arsenal» mehmoni bo‘ladi.

Bu turda «Krasnodar» «Arsenal»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba evaziga krasnodarliklar ochkolari sonini 29taga yetkazdi va ikkinchi o‘rinni mustahkamladi.

Rossiya premyer-ligasida birinchi davra yakunlanishiga bir tur qolganida «Zenit» birinchi o‘rinni naqd qildi, 5 ochko ortda qolayotgan «Krasnodar» 16-tur natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar ikkinchi o‘rinda qoladi, amaldagi chempion «Lokomotiv» esa 25 ochko bilan uchinchi o‘rinda.

«Zenit» mavsumning birinchi davrasidagi 11 o‘yinda g‘alaba qozondi, bir marta durang o‘ynadi va bir o‘yinda yutqazdi.

Peterburgliklar shu vaqtgacha 6 mavsumda birinchi davrada g‘olib bo‘lgan va bu mavsumlarning to‘rttasida chempionga aylangan.

Rossiya chempionati
15-tur
Zenit – Rostov 2:0
Gollar: 1:0 – 12 Driussi, 2:0 – 63 Yeroxin.
Zenit – Lunev, Anyukov, Ivanovich, Mevlya, Kuzyayev, Yeroxin (Ozdoyev, 87), Paredes (Kranevitter, 89), Ernani (Terentyev, 78), Mak, Driussi, Dzyuba.
Rostov – Pesyakov, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Parshivlyuk, Yusupov, Gaskan, Guliyev, Skopinsev (Kyartansson, 66), Sigurdarson (Ionov, 86), Zuyev (Shadin, 78).
Ogohlantirishlar: Guliyev (35), Sigurdsson (79), Gaskan (89).
Chetlatish: Guliyev (81).

Krasnodar – Arsenal Tula 3:0
Gollar: 1:0 – 40 Vanderson, 2:0 – 48 Ignatyev, 3:0 – 76 Suleymanov.
Krasnodar – Safonov, Petrov, Martinovich, Spayich, Ramires, Kabore, Pereyra (Gazinskiy, 71), Vanderson (Okriashvili, 80), Ari, Stoskiy (Suleymanov, 73), Ignatyev.
Arsenal Tula – Levashov, Kombarov, Belyayev, Grigalava, Alvares, Kostadinov, Moxammed, Bakayev (Kangva, 71), Tkachev (Gorbatenko, 64), Mirzov, Jorjevich.
Ogohlantirishlar: Jorjevich (4), Kabore (41), Belyayev (45), Bakayev (53).
Chetlatish: Kabore (88).

Manba: kun.uz

Kiritildi: 07:19 26.11.2018. O'qildi: 1199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!