Ukraina Prezidenti Idorasi rahbari Andrey Yermak The Economist'ning yozda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda degan ma’lumotini "butunlay axmoqona gap" deb atadi.
"Yozda saylov bo‘lmaydi. Bu axmoqlik. Hali janglar davom etayotgan paytda saylov rejalashtirib bo‘lmaydi. Avvalo urushni tugatishimiz kerak, shundan so‘nggina ovoz berish mumkin", — degan Yermak.