Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiyning harbiy doktrinasi e’lon qilindi

Zelenskiyning harbiy doktrinasi e’lon qilindi

Ukraina prezidentlik saylovlarining g‘olibi Vladimir Zelenskiy mamlakat armiyasini ixtiyoriy qilishi va uni NATO standartlari asosida boshqarishni boshlashi to‘g‘risida ma’lum qildi. Bu haqda Zelenskiyning Novoye vremya nashrida e’lon qilingan harbiy doktrinasiga so‘z boradi.

Zelenskiy Bosh shtab rahbari vazifasini Ukraina qurolli kuchlarining bosh boshqaruvchisi lavozimidan ajratib oladi. Shtab boshlig‘i Ukraina qurolli kuchlarining strategik vazifalari hamda mudofaani rejalashtirish, Ukraina qurolli kuchlari turlarini belgilash va harbiy kuchlarni tayyorlash hamda shakllantirish bilan shug‘ullanadi.

Zelenskiy shuningdek, armiya boshqaruviga askarlarning hayoti uchun qayg‘uradigan hamda g‘alabani ta’minlay oladigan harbiy ofiserlarni jalb etishga va’da berdi.

Komandirlar va boshqaruv organlari taktik va operativ darajada dushmanga qarshi zarba berishda maksimal darajada mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Prezidentlik saylovlari g‘olibi qayd etishicha, Ukraina qurolli kuchlari mamlakat chegarasining bir qarichini ham dushmanga berib qo‘ymaydi.

life.ru

Kiritildi: 22:08 25.04.2019. O'qildi: 2407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!