Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy: O‘t ochishni to‘xtatish uchun yetakchilar sammiti zarur

Zelenskiy: O‘t ochishni to‘xtatish uchun yetakchilar sammiti zarur

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina, Rossiya, Yevropa va AQSh rahbarlari ishtirokidagi uchrashuv o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lida muhim qadam bo‘lishini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun barcha talablarni bajargan. Shuningdek, Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.

Prezidentning fikricha, iyun–iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi, G7 va NATO sammitlari urushni yakunlashga qaratilgan diplomatik jarayonga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 06:35. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!