Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy: "Ukraina va AQSh Mayamida yana muzokara o‘tkazadi"

Zelenskiy: "Ukraina va AQSh Mayamida yana muzokara o‘tkazadi"

Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan tugatish masalasini muhokama qilish uchun Ukraina va AQSh delegasiyalarining navbatdagi uchrashuvi yana Mayamida bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxof bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

U muzokaralarda shaxsan qatnashmasligini aytdi.

"AQShda Ukraina bilan muzokara guruhlari darajasida uchrashuv bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu yaqin kunlarda bo‘ladi - balki shu hafta oxiri, balki biroz keyinroq", - dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, muzokaralar xavfsizlik kafolatlari, Ukrainaning iqtisodiy tiklanishi va ramka kelishuvining 20 bandini qamrab oladi.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!