Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning Rossiya-Ukraina urushini 4 iyulgacha tugatish istagidan bexabarligini aytdi.
Zelenskiy bu haqda Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bayonot berdi.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina va Rossiya bilan uch tomonlama muzokaralar davomida AQSh delegasiyasi Vashingtonning urushni iloji boricha tezroq tugatish istagini bildirgan: "Biroq, aniq muddatlar belgilanmagan. Ukraina urushni tezda tugatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq, unda tezkor yo‘l bizning ba’zi hududlarimizdan voz kechish degani emas", deyilgan.
Bloomberg avvalroq Vashington AQSh prezidenti Donald Tramp 4 iyul kuni AQSh mustaqilligining 250 yilligini nishonlashdan oldin tinchlik shartnomasini tuzishni talab qilayotgani haqida xabar bergan edi.