Ukrainaning NATOga taklif qilinishi va Kiyevning kelajakdagi a’zoligi tinchlik sari haqiqiy qadam bo‘lishi mumkin. Yevropa bundan manfaatdor bo‘lishi kerak, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Ukraina - Janubi-Sharqiy Yevropa" sammitida.
Sammitda so‘zga chiqqan Zelenskiy o‘zining g‘alaba rejasini eslatdi va uning birinchi bandi Yevropada geosiyosiy aniqlik yetishmovchiligi muammosi bartaraf etilishiga qaratilganini aytdi.
"Ukraina NATOda o‘z o‘rniga egami? Agar shunday bo‘lsa va bu to‘g‘ri tasdiqlansa, Putin geosiyosiy jihatdan yutqazadi. Rossiya Yevropaning chegaralari, mustaqil davlatlari borligini va ularning har biri o‘z kelajagini tanlash huquqiga ega ekanligini tan olishi kerak," - dedi Zelenskiy.