Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Drujba" neft quvurining bir qismini ta’mirlash ishlari yakunlanganini e’lon qildi.
Zelenskiy bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.
"Ukraina Rossiya zarbasi natijasida shikastlangan "Drujba" neft quvurining bir qismini ta’mirlashni yakunladi. Quvur liniyasi ishini davom ettirishi mumkin. Infratuzilmaga zarbalar takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmasa-da, mutaxassislar tizimning ishlashini tiklash uchun asosiy shartlarni ta’minladilar", deb ta’kidladi nashr.
U shuningdek, ushbu haftada Rammstein uchrashuvi tayyorlanayotganini, unda tiklash ishlari uchun zarur mablag‘larni safarbar qilishni tezlashtirish va energetika infratuzilmasi inshootlarini himoya qilishni kuchaytirish rejalashtirilganini e’lon qildi.
Zelenskiy shuningdek, Ukraina ilgari Yevropa Kengashi tomonidan tasdiqlangan Yevropa qo‘llab-quvvatlash paketining blokdan chiqarilishini kutayotganini ta’kidladi.