Vladimir Zelenskiy Ukraina kuchlari bir sutka ichida Rossiya hududidagi 8 ta ob’ektga zarba berganini tasdiqladi.
Nishonlar orasida Yamal-Nenes avtonom okrugidagi neftni qayta ishlash zavodi, Dog‘istondagi dengiz savdo porti, shuningdek, Moskva, Voronej, Astraxan va Bryansk viloyatlaridagi infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan.
9 sentyabr kuni Ukraina uchuvchisiz apparatlari ilk bor Yamalga hujum qildi. Yangi Urengoy shahridagi sanoat ob’ektida yong‘in yuz bergani xabar qilindi.