Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Tramp bilan telefon orqali suhbatlashganini tasdiqladi

Zelenskiy Tramp bilan telefon orqali suhbatlashganini tasdiqladi

"Bu suhbat prezident Trampni vakili Stiv Uitkoffning Moskvaga tashrifidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Biz va hamkorlarimizning pozisiyamiz aniq: bu urush tugashi kerak va bu adolatli tarzda bo‘lishi lozim. Yevropa yetakchilari ham mazkur suhbatda ishtirok etishdi, ularning har biriga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz Moskvada aytilgan masalalarni muhokama qildik", — deb yozdi Ukraina prezidenti Telegram kanalida.

Avvalroq, Axios nashri Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi telefon muloqoti boshlanishi, unda Putin va Uitkoff uchrashuvi natijalarini muhokama qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 23:16 06.08.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!