Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Putin bilan uchrashganida gapni nimadan boshlashini ma’lum qildi

Zelenskiy Putin bilan uchrashganida gapni nimadan boshlashini ma’lum qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bild nemis nashriga bergan interyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvda nimalar haqida suhbatlashishini bayon qildi.

“Gapni Donbass va Qrim bu Ukraina ekanligidan boshlaymiz”, - deya javob qaytargan u jurnalistning savoliga.

Shuningdek, u tez orada yarimorol Ukraina tarkibiga qaytarilishiga umid bildirishini qo‘shimcha qilgan.

Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish haqida to‘xtalib o‘tarkan, siyosatchi uning maqsadi “Diplomatik yo‘l bilan Ukrainaga tinchlik olib kelish” ekanligini qayd etgan.

“Biz shu paytgacha Minsk kelishuviga ishonib kelmoqdamiz. Umid qilamizki, bu kelishuv hal qilish yo‘lini taklif qiladi. Biz  uni sulh tuzish va mahbuslarni ozod qilish to‘g‘rida muzokaralar o‘tkazish uchun yangi usulda  ishga solamiz. Biroq biz yana 5 yil kuta olmaymiz, chunki har kuni ukrainlar halok bo‘lmoqda”, - deya Zelenskiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin “MIR” telekanaliga bergan intervyusida Ukraina bilan munosabatlarni qayta tiklashga umid bildirishini ma’lum qilgandi. Biroq, uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar qilishicha, hozircha prezidentning Zelenskiy bilan muloqot o‘tkazishi rejalaridan o‘rin olmagan.

 

Kiritildi: 17:15 18.06.2019. O'qildi: 2641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!