Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy Kit Kellogni orden bilan taqdirladi

A A A
Zelenskiy Kit Kellogni orden bilan taqdirladi

AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus elchisi general Kit Kellog Ukraina mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarda ishtirok etdi.

Rasmiy marosimda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellogni davlatlararo hamkorlikka qo‘shgan alohida hissasi, Ukraina suverenitetini mustahkamlash va mamlakatni xorijda ommalashtirishdagi xizmatlari uchun “Yaroslav Mudriy” nomidagi I darajali orden bilan taqdirladi

Shuningdek, Trampning ruhiy maslahatchisi pastor Mark Berns ham taqdirlandi. U III darajali "Xizmatlari uchun" ordeniga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kellogdan tashqari, bunday orden bilan Shvesiya mudofaa vaziri Pol Yonson ham taqdirlangan.

Kiritildi: 21:15 24.08.2025. O'qildi: 1365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik