Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy kadrlar orasida "kapital ta’mirlash"ni boshladi

Zelenskiy kadrlar orasida "kapital ta’mirlash"ni boshladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy huquq-tartibot idoralari va mudofaa sektori rahbariyatiga taalluqli yirik kadrlar o‘zgarishini ma’lum qildi.

Zelenskiy hozirda davlat idoralari kapital ta’mirdan o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

"Xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish tizimiga kelsak, men barcha rahbarlarning rotasiyasini shaxsan nazorat qilaman. Ulardan ba’zilari juda uzoq vaqtdan beri o‘z lavozimlarida. Biz hammamiz bir jamoadamiz. O‘ylaymanki, har bir kishi turli yuqori lavozimlarda qoladi, lekin almashtirishlar bo‘ladi, albatta", - dedi u.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, “kapital ta’mirlash” Vazirlar Mahkamasidan boshlangan.

Kiritildi: 10:31 04.01.2026. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!