Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy BMTning Eronga qarshi sanksiyalarini olqishladi

Zelenskiy BMTning Eronga qarshi sanksiyalarini olqishladi

Prezident Vladimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashining Eronga qarshi sanksiyalarni tiklash haqidagi qarorini olqishladi. Bu haqda Ukraina rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Davlat rahbari Rossiyaga nisbatan ham shunday qadam tashlashga chaqirdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Tehron “yillar davomida” MAGATE va xalqaro hamjamiyatning “yadroviy tartibni buzgan” talablarini “e’tiborsiz qoldirgan”. Uning ta’kidlashicha, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan har qanday davlatga zudlik bilan qattiq sanksiyalar qo‘llanilishi kerak.

Zelenskiy Rossiyani “Eron bilan hamkorlikda Ukraina atom elektr stansiyasini uning yadroviy materiallari bilan qo‘lga kiritib, Zaporojjia AESni global yadroviy tahdidga aylantirgan”likda aybladi.

Uning fikricha, Rossiyaga xalqaro bosim va uning yadro sektoriga qarshi sanksiyalar global yadroviy tartibni mustahkamlash uchun zarur.

Kiritildi: 14:43 29.09.2025. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!