Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy 18 avgust kuni Vashingtonda Tramp bilan uchrashadi

Zelenskiy 18 avgust kuni Vashingtonda Tramp bilan uchrashadi

Ukraina prezidenti Zelenskiy va AQSh prezidenti Tramp Vashingtonda uchrashib, Rossiya bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.

CNN xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Ankorijdan qaytish yo‘lida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali uzoq suhbatlashgan. Suhbat tafsilotlari oshkor etilmagan, ammo keyinchalik Tramp NATO davlatlari rahbarlari bilan ham bog‘langan.

Axios nashri ma’lumoticha, Zelenskiy va Trampning muloqoti bir soat davom etgan bo‘lib, unda davlat kotibi Marko Rubio hamda prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etgan. Keyinchalik bu muloqotga yarim soat davomida Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Finlyandiya va Polsha rahbarlari, shuningdek, NATO bosh kotibi Mark Ryutte va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen ham qo‘shilgan.

Zelenskiy suhbat yakunida bergan bayonotida AQSh prezidenti bilan 18 avgust kuni Vashingtonda Oq uyda uchrashishi belgilanganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, muloqot «uzoq va mazmunli» kechgan va unda Tramp Putin bilan o‘tkazgan uchrashuv natijalari haqida ma’lumot bergan.

Ukraina prezidenti, shuningdek, Kiyev AQSH, Ukraina va Rossiya rahbarlari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz AQSh prezidenti Donald Tramp Putin bilan uchrashuvi natijalari bo‘yicha Fox News telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi nizoni hal qilish imkoniyati Zelenskiy va Yevropa davlatlarining qo‘lida ekanligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 17:29 16.08.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!