Avvalroq, 7 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 3 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Toshkent-Istambul-Madrid-Montevideo yo‘nalishi bo‘ylab safar qilib, Urugvay poytaxtiga yetib bordilar. O‘zbekiston delegasiyasi Montevideo shahridagi Raddison Montevideo Victoria Plaza mehmonxonasiga joylashdi.
Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lgan Urugvay bilan bo‘ladigan o‘yin navbatdagi katta musobaqalar oldidan futbolchilarimiz uchun katta tajriba bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Urugvayga qarshi uchrashuv 7 iyundan 8 iyunga o‘tar kuni Toshkent vaqti bilan tong saharda soat 04:00 da boshlanadi.