Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Zayed Award for Human Fraternity mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Zayed Award for Human Fraternity mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Birlashgan Arab Amirliklarida tinchlik, ijtimoiy adolat va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi nufuzli «Insoniy birodarlik» (Zayed Award for Human Fraternity) mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘ldi.

Bu safar mukofot Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tarixiy tinchlik kelishuvi hamda huquq himoyachisi Zarqa Yaftaliga nasib etdi.

Mukofot sovrindorlarini aniqlagan xalqaro hakamlar hay’ati tarkibida Markaziy Osiyoning yagona vakili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.

Zayed Award for Human Fraternity mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Mirziyoyeva, Ozarbayjon Respublikasi bilan Armaniston Respublikasi o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuvi hatto uzoq yillar davom etgan va murakkab nizolarni ham hal etish mumkinligini yaqqol namoyon etganini ta’kidladi.

Zarqa Yaftalini alohida ta’kidlashni istayman. Uning qizlarning ta’lim olish huquqini himoya qilish borasidagi ko‘p yillik faoliyati izchil va qat’iyatli sa’y-harakatlar orqali insonlar taqdiri, butun hamjamiyatlar kelajagini o‘zgartirish mumkinligini ko‘rsatadi, — dedi prezident Administrasiyasi rahbari.

Ma’lumot uchun, taqdirlash marosimi 2026 yil 4 fevral kuni BMT tomonidan belgilangan Xalqaro inson birodarligi kunida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!