Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Zamzam qachon paydo bo‘lgan?

A A A
Zamzam qachon paydo bo‘lgan?

Hojar onamiz yosh go‘dagi Ismoil (alayhissalom) bilan cho‘lu biyobonda suvsiz va ozuqasiz qolgan vaqtda Safo tepaligiga chiqib o‘g‘li Ismoilga Alloh taolodan suv yetkazishni so‘rab duo qiladi. So‘ngra undan tushib Marva tepaligiga yo‘l oladi va uning ustiga chiqib duo qiladi. Yetti marta ikkalasi orasida shunday harakat qiladi. Shunda Alloh taolo Jabroil alayhissalomni yuboradi va u zamzam qudug‘i o‘rnini ishqaydi va o‘sha joydan suv otilib chiqadi, ya’ni zamzam qudug‘i paydo bo‘ladi.

Zamzam qudug‘i xalifa Mu’tasimning davrigacha usti ochiq bo‘lgan. Keyinroq usti yopilgan. Abbosiylar xalifaligi davrida Zamzam suvi quduqdan tortib olinib usti ochiq hovuzlarga quyiladigan bo‘lgan. Keyinchalik suv saqlanadigan omborlarga jo‘mraklar o‘rnatilgan va zamzam odamlarga meshkoblarda tarqatilgan. Hijriy 1377 yilda tavof qiluvchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida Zamzam qudug‘i ustiga qurilgan bino pastga olingan va uning ustidan ham tavof qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Hijriy 1399 yilda Zamzam qudug‘ining chuqurligi o‘n sakkiz metr, oltmish santimetr bo‘lgan. Hijriy 1383 yildan boshlab zamzamni motorda tortib olish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda Marva tepaligining ostida zamzamni to‘playdigan va uni sovutadigan markaz tashkil qilingan. Sovutish uchun zamzamning o‘zidan qilingan muz qo‘shiladi. Zamzam suvidan millionlab hojilar va umrachilar olib ketishadi hamda doimiy ravishda Madinai munavvara va Saudiyaning boshqa shaharlariga to‘xtovsiz ravishda tashib turiladi. Ulamolar kichkina bir quduqdan shunchalik ko‘p suv chiqib turishining o‘zi ham katta mo‘’jizadir deydilar.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 01:09 26.12.2018. O'qildi: 16081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!