Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Yurtimizda go‘sht yana qimmatlashdi. Nega?

A A A
Yurtimizda go‘sht yana qimmatlashdi. Nega?

Narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik meva mahsulotlariga tegishli bo‘lsa-da, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining qimmatlashishi undan qolishmaydi.

Davlat statistika qo‘mitasi 2018 yil may oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyasiya darajasi haqida ma’lum qildi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik meva mahsulotlariga tegishli bo‘lsa-da, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining qimmatlashishi undan qolishmaydi.

Go‘sht mahsulotlari:

Narxlarning o‘sishi (foiz) – mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) – 3,4 foiz; go‘sht qiymasi – 2,7; qo‘y go‘shti – 2,5; suyaksiz mol go‘shti – 2,3; qaynatilgan kolbasa – 1,3; yarim dudlangan kolbasa – 1,2; sosiska, sardelka, go‘shtli konservalar – 0,4.

Tirik va sovutilgan baliq narxlarida 3,9 foiz o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, parranda go‘shti (sonlardan tashqari) 1,9 va tovuq boldiri hamda son qismlari 2,1 foiz narxlari pasaydi.

Kiritildi: 08:16 04.06.2018. O'qildi: 2146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik