Qayd etish joiz, 2019 yil yanvaridagi prezident farmoni asosida O‘zbekistondagi aeroportlar, temiryo‘l va avtomobil vokzallarida ibodat xonalari tashkil qilina boshlandi. Bundan avvalroq, 2017 yil kuzida Toshkent xalqaro aeroportida namozxona ochilgan, 2018 yilda Qur’on va Hadis musobaqalari tashkil etilgan edi.
2020 yil fevralida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasida O‘zbekiston bo‘ylab ma’lum joylarda tahoratxona va namozxonalar tashkil etilishi nazarda tutilgan edi. Qaror imzolangan taqdirda, jamoat joylarida tahorat va ibodat qilish joylariga xos namunaviy talablar ishlab chiqilishi mumkin.