Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Yunusobod tumanida yangi mavze tashkil etilmoqda

A A A
Yunusobod tumanida yangi mavze tashkil etilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Yunusobod tumani hokimining “Yunusobod tumani “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomini berish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga muvofiq, qaror qabul qilingach, “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yig‘ini xududida yangi tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomi aks etgan nomlagichlar o‘rnatiladi va tegishli hujjatlarga o‘zgartirish kiritiladi.

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari hamda Sanoat, transport, qurilish, aloqa va aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari hujjat ijrosini nazorat qiladi.

Kiritildi: 10:55 05.08.2021. O'qildi: 1962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik