Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Qaror harbiy harakatlar zonalaridagi yodgorliklarning yo‘q qilinish xavfi sababli shoshilinch prosedura doirasida qabul qilindi.
Ro‘yxatga quyidagilar kiritildi:
Sebastiya (Iordan daryosining G‘arbiy sohili) — arxeologik qoldiqlar zamonaviy Nablus shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, temir davridan (Isroiliya podshohligi poytaxti) islom hukmronligi davrigacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi. Falastin tomoni ob’ektni Isroilning milliy park yaratish uchun yon-atrofdagi yerlarni ekspropriasiya qilish rejalaridan himoya qilishni talab etmoqda.
Mamlakat janubidagi Amel tog‘i hududida joylashgan beshta Livan qal’asi, ular orasida o‘rta asrlarga oid Bofor sitadeli (qal’asi) ham bor. May oyi oxirida Isroil mudofaa vaziri Israel Kas qal’a SAXAL nazorati ostida ekanini ma’lum qilgan edi.