Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Yun Sok Yol Seuldagi fojia joyiga bordi

Yun Sok Yol Seuldagi fojia joyiga bordi

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Seuldagi fojia yuz bergan joy - Itxevonga bordi, deb xabar berdi “RIA Novosti” agentligi.

Davlat rahbari voqea joyidan mamlakat xalqiga murojaat qilib, vaziyat to‘liq hal etilguncha milliy motam e’lon qildi, qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi, hodisa sabablarini o‘rganib, chora ko‘rishga va’da berdi.

Xabarda aytilishicha, tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 151 nafarga yetgan, 82 kishi jarohatlangan.

Seul yong‘in departamenti ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni soat 22.22 atrofida poytaxtning Itxevon tumanidagi tor xiyobonda milliy Xellouin bayramini nishonlash uchun to‘planganlar orasida tiqilinch yuzaga kelgan.

Shuningdek, vaziyat tufayli bedarak yo‘qolganlar ham qayd etilgani aytilmoqda.

Hodisa tumanning markaziy ko‘chasini mashhur restoranlar joylashgan yo‘l bilan bog‘laydigan eni 4 metrlik xiyobonda kuzatilgan. Tor, notekis ko‘chalardan chiqolmay, odamlar ezilgan.

Kiritildi: 11:30 30.10.2022. O'qildi: 2552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!