Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda narkotik do‘kon reklamasi paydo bo‘ldi

Toshkentda narkotik do‘kon reklamasi paydo bo‘ldi

Oldinroq o‘zbekistonlik bloger qizning o‘zi bilmagan holda giyohvand moddalar reklamasiga aralashib qolgani haqida yozgandik. Buni qarangki, ayni shu banner Toshkentda paydo bo‘lgan.

"Aniq.uz"ning yozishicha, taniqli jurnalist Muhammad Sharif feysbukdagi sahifasida topishmoq surat joylashtirdi. Bir kun avval esa “IIB xodimlariga tushuntirish xati” yozganinini, bu judayam mashaqqatli ekanini bildirib post qoldirganda ko‘pchilik xavotir izhor boshlagandi. Oxirgi paytlarda jurnalistlarning xavfsizligi borasida ozmuncha gap bo‘ldimi?..

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ko‘chada ketayotgan jurnalist tasodifan reklama banneriga ko‘zi tushib qoladi va QR kodiga kirib qarasa, narkotiklar onlayn do‘koni reklamasi bo‘lib chiqdi. Muhammad Sharif tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan va IIB xodimlari tartibga ko‘ra undan tushuntirish xati olingan.

Kiritildi: 14:22 21.11.2019. O'qildi: 6465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!