Google kompaniyasi o‘z an’anasiga ko‘ra, har yil YouTube videoxostingida eng ko‘p tomosha qilingan lavhalar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular ikki guruh – oddiy videolavhalar va musiqiy roliklarga ajratilgan.
Birinchi guruhdagi yetakchi videoning muallifi – Kayli Jenner bo‘lib, uning 11 daqiqalik filmi «To Our Daughter» – «Qizimizga» deb nomlangan. Mazkur rolik uning homiladorlik davri va qizi Stormining tug‘ilishiga bag‘ishlangan.
Fevralda YouTube’ga joylangan ushbu videolavha ilk haftada 55 million martadan oshiq tomosha qilingan, bugungi kungacha esa uni 76 million martadan ortiq ko‘rishgan.
2018 yili YouTube’da eng ommalashgan videoroliklar o‘ntaligi quyidagilardan iborat bo‘lib, ular birgalikda jami 673 million martadan ko‘p tomosha qilingan:
Mazkur videoxostingdagi eng ommabop musiqiy kliplar ro‘yxatiga kelsak, 2018 yili ispan tilidagi Lotin Amerikasi musiqasi yetakchi ekaniga guvoh bo‘lamiz. Ular kuchli o‘ntalikning naq sakkizta pog‘onasini egallashgan:
Manba: terabayt.uz