Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yoshlik eliksiri kashf qilindi

Yoshlik eliksiri kashf qilindi

Osaka universiteti mutaxassislari hujayralarni yoshartirish mumkinligini aniqlashdi.

Gap AP2A1 oqsili haqida ketmoqda. Eski hujayralardagi «AP2A1»ning olib tashlanishi qarishni qaytardi va hujayralarning yangilanishini kuchaytirdi, yosh hujayralarda «AP2A1» oqsilining haddan tashqari ko‘payishi esa qarishni tezlashtirdi.

Olimlar «AP2A1» oqsilini olib tashlab qarishni sekinlashtirish mumkinligini ta’kidlashmoqda. Hozir ular ushbu oqsilni batafsil o‘rganib, tadqiqotlar o‘tkazishyapti. Agar olimlar hujayralarning qarishini qaytara olsa yoki sekinlashtira olsa, odamlar sog‘lom va uzoq umr ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Kasalliklar paydo bo‘lgandan keyin simptomlarni davolash o‘rniga, bu yondashuv ularning boshlanishini oldini olishi yoki kechiktirishi mumkin.

Kiritildi: 17:00 11.03.2025. O'qildi: 2259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!