Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yosh fermerlar uchun yana bir mega-loyiha

A A A
Yosh fermerlar uchun yana bir mega-loyiha

Germaniya xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi tomonidan mamlakatimizdagi yosh fermerlarning moliyaviy-iqtisodiy bilimini oshirishga qaratilgan mega-loyiha amalga oshiriladi.

Bu haqda fondning O‘zbekistondagi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lumot berildi.

2003 yilda tashkil etilgan mazkur fond ko‘p yillardan buyon mamlakatimizda ham hamkorlik loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. Navbatdagi mega-loyiha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Loyiha dastlab tajriba tariqasida tanlangan hududda 3 yo‘nalish – chorvachilik, mahsulot yetishtirish va mahsulotni qayta ishlash bo‘yicha bosqichma bosqich amalga oshiriladi. O‘sha hudud uchun trenerlar tayyorlanib, ularning istiqboldagi rejalarini amalga oshirishga ko‘mak beriladi. Natijalar tahlil qilingach, ushbu mega-loyiha ikki yil mobaynida respublikamizning barcha hududlarida yuqori saviyada o‘tkaziladi. Bundan tashqari, har bir hududdagi loyiha trenerlari yillik faoliyatining samaradorligidan kelib chiqqan holda Germaniyada bir oylik malaka oshirish o‘quv kurslarida ishtirok etadi.

Mega-loyihani 2019 yil yanvardan boshlab amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Manba: uza: uz

Kiritildi: 05:45 22.11.2018. O'qildi: 1496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!