Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

YHXBB haydovchilarni ogohlantirdi: "Hushyor bo‘ling"

YHXBB haydovchilarni ogohlantirdi: "Hushyor bo‘ling"

Respublika hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yoqishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda, haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa, dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini so‘ragan.

Qayd etilishicha, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslik, piyodalar yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishi, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishi kerak.

Kiritildi: 10:31 18.02.2020. O'qildi: 2604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!