Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yashnobod tumanidagi xonadonlar kranidan iflos suv tushmoqda (video)

Yashnobod tumanidagi xonadonlar kranidan iflos suv tushmoqda (video)

 

Yashnobod tumanidagi xonadonlar kranidan qoramtir rangdagi iflos suv tushmoqda. Bu haqda Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhidagi foydalanuvchilardan biri ma’lum qildi

"Daryo" nashrida qayd etilishicha, bunday suvni oqizib tashlashga soatlab vaqt ketmoqda. Bunda suv hisoblagichlar aylanib, iste’molchilar ifloslangan suv uchun ham pul to‘lashga majbur bo‘lmoqda.

«Nega iflos suv uchun ham pul to‘lashimiz kerak?» — deb e’tiroz bildirgan foydalanuvchilardan biri.

Shuningdek, bunday suvdan yoqimsiz hid kelayotgani ham aytilgan.

 

Kiritildi: 11:27 14.08.2019. O'qildi: 1707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!